Ko'rish qobiliyatini me'yoriy holatda ushlab turish uchun ovqat ratsioniga A, S va Ye vitaminli mahsulotlarni qo'shish tavsiya etiladi.
-Qovoq va sabzi, umuman, sariq va olov rang barcha mahsulotlar ushbu vitaminlarga boy;
-Dengiz mahsulotlari tarkibidagi yog' kislotalari qon aylanish tizimini yaxshilaydi;
-Dukkaklilar tarkibida sink mavjud bo'lib, kataraktaning oldini oladi;
-Asal ko'z ichi qon aylanishini yaxshilaydi va hujayralar tiklanishini tezlashtiradi;
-Sitrus mevalar ko'z qon tomirlari devorini mustahkamlaydi;
-Yong'oq, sut mahsulotlari, tuxum va ko'katlar, suli yormasi ham ko'z uchun foydali hisoblanadi.
«Sog'lom hayot»