2021 yilning eng mashhur xonandasi kimligi ma'lum bo'ldi

0

G'olib nomi «Chart Data» tomonidan Twitter’da e'lon qilingan.
Musiqa olamida 2021 yilning eng mashhur xonandasi kim ekani aniq bo'ldi.

Striming xizmatlarida taniqli reper Dreykning qo'shiqlari 8,6 milliard martā tinglangan. U «Billboard Music Awards»ning 27 yo'nalishida rekord o'rnatgan. Dreyk 2021 yilning eng mashhur xonandasi deb tan olindi. U tinglovlarchilar soni jihatidan mashhur xonandalar Kanye Uest, J.Cole va Tylerni ortda qoldirdi. G'olib nomi «Chart Data» tomonidan Twitter’da e'lon qilingan. Tinglangan musiqalarning 131 tadan 1 tasi san'atkorga tegishli.

Reperning «Certified Lover boy» albomi 2021 yildagi yagona yirik nashr bo'lib, u ikki marta platinaga sazovor bo'ldi. U shuningdek, «Apple music» va Spotify’ning strimingida rekord o'rnatgan. Hozir 35 yoshda bo'lgan reper «Billboard Music Awards»ning 27 ta mukofotiga ega, bu esa mukofot oluvchilar uchun mutlaq rekord.

Eslatib o'tamiz, «The Weeknd» ning yangi klipi 7,7 million marta ko'rilgan. Xonandaning «Sacrifice» qo'shig'iga ishlangan yangi klipi uch kun ichida YouTube kanalida deyarli 430 000 ta «like» to'plagan.

Shuningdek, uning akulalar haqidagi qo'shig'i YouTube’da 10 milliardga yaqin ko'rilgani aytilgan. Ushbu musiqa 2016 yil iyun oyida chiqarilgan va 2020 yil noyabr oyida musiqa «Eng ko'p ko'rilgan video» sifatida «Ginnesning rekordlar» kitobiga kirdi.