AQSh prezidenti Jo Bayden «Ukrainaga hujum qilish» oqibatlari Rossiya uchun halokatli bo'lishini aytdi.
«Agar ular Ukrainani zabt etishda davom etsalar, bu Rossiya uchun falokat bo'ladi. Agar ular (ruslar – tahr.) buni qilsalar uzoq muddatda katta tovon to'laydilar».
Bu haqda Bayden davlat rahbari sifatidagi birinchi yil yakunlari bo'yicha matbuot anjumanida aytib o'tgan.
Eslatib o'tamiz, Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida qo'shin to'plashi va harbiy mashg'ulotlarning kuchayishi fonida G'arb OAVlarida Ukrainaga hujum borasida bot-bot xabarlar berilmoqda. Buyuk Britaniya Ukrainaga maxsus qurollar jo'natayotgan bo'lsa, NATOning boshqa davlatlari ham Rossiya keng miqyosda javob berishlarini bildirgan.