Olti yil davomida birinchi marta Turkiya va Armaniston o'rtasida aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi

0

Turkiya va Armaniston 2 fevraldan boshlab o'zaro aviaqatnovlarni tiklaydi, deb xabar berdi Hürriyet gazetasi Turkiya transport va infratuzilma vazirligiga tayanib.

Ma'lum qilinishicha, Turkiyaning Pegasus Airlines aviakompaniyasi haftada uch marta Istanbuldan Yerevanga reyslarni amalga oshiradi. Armanistonning  FlyOne Armenia aviakompaniyasi ham haftada uch marta Yerevandan Istanbulga qatnovlarni yo'lga qo'yadi.

Yerevan — Istanbul yo'nalishi bo'yicha muntazam reys 1995 yilda ochilgan, ammo 2016 yilda Tog'li Qorabog'dagi vaziyat keskinlashganidan so'ng parvozlar to'xtatilgandi.

O'tgan yil dekabrda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho'g'li Turkiya va Armaniston charter reyslarini tiklashini ma'lum qilgandi.