O'zbekistonda 5 yoshdan katta bolalar ham emlanishi mumkin bo'ldi

0

O'zbekistonda 5-11 yoshli bolalar ham emlanishlari mumkin bo'ldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig'i o'rinbosari Nurmat Otabekov ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, ular ixtiyoriylik asosida emlanadi.

Otabekov bu yoshdagi bolalarni emlash bo'yicha alohida ko'rsatma tayyorlanganini va ular «Pfizer» vaksinasi bilan emlanishini ta'kidladi.