Amira Rashidova: “Meni Saida Mirziyoyeva bilan baxslashgan inson sifatida talqin qilib, yo'q joydan atrofimda muammo tug'dirishyapti”

0

Sevimli TV rahbari Amira Rashidova “Sabriya” filmi yonini olib post yozib chiqqandan so'ng unga qarshi tuxmatlar bo'layotganini aytdi. Bu haqda Rashidovaning o'zi instagramda post qoldirdi.
Rashidova uning so'zlari kontekstdan yulinib, ayrimlar tomonidan o'ziga kerakli sarlavhada tarqatilganini ma'lum qilgan.
Go'yoki men Saida Mirziyoyevaning «Sabriya» seriali haqidagi fikriga qarshi chiqib kechagi postni yozgan, deb talqin qilishdi! Lekin bu unday emas!, – deydi Rashidova.

Telekanal rahbari ijtimoiy tarmoqlarga kirgandan so'ng bu haqida bilganini va uni Saida Mirziyoyeva bilan baxslashgan inson sifatida talqin qilib, yo'q joydan atrofida muammo tug'dirishayotganini ta'kidladi. Amira u post yozgandan so'nggina Saida Mirziyoyevaning fikrini o'qiganini va 2 kun oldin kechasi AOKA rasmiy bayonot bilan chiqqanini yozgan.
Ertasi kuni «Sevimli»ga kelib, kun davomida bayonnoma tuzish, yuristlar bilan gaplashish, serialni badiiy kengashda tahlil qilish bilan vaqt o'tkazib, umumiy vaziyat yuzasidan o'z fikrimni bildirishim kerak deb, post yozdim, – deydi kanal rahbari.

Amira Rashidova Saida Mirziyoyevaning fikriga qarshi emasligini va u aytib o'tgan kamchiliklar borligini, buni tan olishini ta'kidlagan.
Saida opaning ayollar manfaatlarini himoya qilishi, ularga berayotgan yordamini kuzataman va hurmat qilaman. Anglashmovchilik uchun xijolatdaman va uzr so'rayman. Shu sababdan jurnalist va bloggerlardan iltimos qilaman: tuxmat, odamlarni bir biriga asossiz qarshi qo'yishni bas qiling, – deb yozadi Sevimli TV rahbari.

Eslatib o'tamiz, telekanalda efirga uzatilayotgan “Sabriya” seriali va undan tarqalgan lavha jamoatchilik e'tiroziga sabab bo'zlgan edi. Shundan so'ng Saida Mirziyoyeva ushbu filmni tanqid qilib, uning saviyasi pastligini bildirgan edi. Keyinchalik Sevimli TV rahbari film tarafini olib, uning rejissyorini qo'llab-quvvatlash kerakligini yozgan edi.