Lablaringiz yorilib, rangsizlashyaptimi?

0

Lablar ham doimiy parvarishga muhtoj. Agar labingiz tez-tez yorilib, rangsiz bo'lib qolgan bo'lsa, uni tabiiy yo'l bilan davolash mumkin.

Buning uchun olma qirg'ichdan chiqarib olinadi. 1 choyqoshiq olma pyuresiga yarim choyqoshiq o'simlik yog'i solib aralashtiriladi. So'ngra aralashma dokaga o'raladi va lablar ustiga bosib turiladi. 10-15 daqiqadan so'ng iliq suvda yuviladi.

Muolaja haftada 3-4 bor takrorlab turiladi.