Qo'ltiq ostidagi tugunlar onkologik kasallik belgisi bo'lishi mumkin

0

✅ Qo'ltiq osti sohasida limfa bezlari bilan birgalikda yog' bezlari ham mavjud. Qo'ltiq ostida tugunlarning paydo bo'lishi har doim ham onkologik kasalliklar belgisi hisoblanmaydi.

Turli infeksiya va bakteriyalar sababli qo'ltiq osti yog' bezlarining yallig'lanishida ham tugunlar paydo bo'ladi. Bunda bemorda og'riq, harorat ko'tarilishi, yiringli tugun va qo'l harakatlarida cheklanish kuzatiladi. Ushbu holatda shifokor tomonidan antibiotiklar va turli kremlar tavsiya etiladi.

🔸Bundan tashqari organizmdagi yallig'lanish jarayonlarida ham limfa bezlarining kattalashishi kuzatiladi. Organizmdagi gormonal o'zgarishlar teri yog' bezlariga ta'sir ko'rsatadi.

❗️Ushbu holatda aniq sababni aniqlash va ishonch hosil qilish uchun onkologga murojaat qilish va onkologik kasalliklarga bo'lgan shubhani birinchi navbatda bartaraf etish lozim.