Sardor Mamadaliyev «Birovning ayoliga ko'z tikmang» qo'shig'ining yaralish tarixini aytib berdi

0

«O'zi shu mavzu meni ko'p o'ylantirardi», — deydi u.
Xonanda Sardor Mamadaliyev YouTube’dagi «Chotki Tv» loyihasiga bergan intervyusida «Birovning ayoliga ko'z tikmang» qo'shig'ining yaralish tarixini aytib berdi.

Sardorbek Mamadaliyev shu kabi mavzular uni anchadan beri o'ylantirib yurganini aytdi. Unga buxorolik yigit shu she'rni o'zgacha talqinda kuylab, qo'shiq tashlagan. Keyin xonanda o'z ohangiga moslab kuylagan.

«O'zi shu mavzu meni ko'p o'ylantirardi. Ko'chada yurganda, shunday fahsh holatlarini ko'p guvohi bo'laman. ‘Nimaga shunday bo'lishi kerak’, degan narsa meni ko'p qiynardi. Hamma musulmonchilik aqidalariga amal qilib yursa bo'lmaydimi deb o'ylab yurardim. Menga bitta buxorolik bastakor yigit g'oya tashladi. Faqat ular boshqa ohangda kuylagandi. Ularni rozi qilib faqat she'rini oldim. Ohangini o'zim bastaladim. Men o'ylab yurgan mavzu birovning ayoliga ko'z tikmang emasdi. Shunga sal o'xshardi», — deydi u.