Saudiya Arabistonida qor yog'ib, havo harorati keskin tushib ketdi

0

Saudiya Arabistoni shimolidagi havo harorati keskin tushib ketishi ketdi. Bu haqda Sky News Arabia  telekanali xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakatda kuzatilayotgan ob-havo natijasida Al-Qurayyat va Arar hududlarda muzlamlar paydo bo'lgan. Turaif shahrida esa sovuq havo haroratidan ttashqari, kuchli qor yog'ishi kuzatilgan. Bu esa mamlakatda so'nggi 30 yil ichida kuzatilgan eng past harorat hisoblanadi.

Rasmiylarning ta'kidlashicha, shimoliy viloyatlarda havoning keskin tushib ketishi natijasida turar-joy binolarini isitish uchun zarur bo'lgan kerosin taqchiligi tahdidi tufayli yoqilg'i quyish shoxobchalarida olomon to'plangani aytilmoqda.

Saudiya Arabistoni Milliy meteoroligiya markazi xabar berishicha, Past haroratlar Madina (9 daraja), Makka (11 daraja) va Ar-Riyodda (16 daraja) qayd etilgan.

tass.ru