«Omicron» shtammi paydo bo'lganida koronavirus bilan kasallanganlar orasida bolalar ulushi 10-11% dan 15% gacha o'sdi. Rossiya markaziy Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Aleksandr Gorelov bu haqda ma'lum qildi.
«Bolalar barcha genovariantlar bilan kasallangan, epidemiologik jarayonga jalb qilish chastotasi 10-11% ni tashkil etdi. «Omicron»ga kelsak, ma'lumotlarga ko'ra, bolalar epidemiologik jarayonga 15% hollarda jalb qilingan», -dedi u.
«Bolalarni epidemiologik jarayonga qo'shilishining yuqori chastotasi – «omicron» barcha yosh toifalari uchun yuqumli ekanligini ko'rsatadi»,-deya qo'shimcha qiladi Gorelov.