Ertangi ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi

0

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko'ra, 27 yanvar kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Qor ko'chishi havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo'ladi.