Issiqlik ta'minoti: Toshkentdagi barcha qozonxonalar faoliyati qayta tiklandi.
Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri o'rinbosari Qurbon Tursunov ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, vazirlik tizimiga kiruvchi 500 ta qozonxonadan 444 tasi o'z ish faoliyatini qayta tikladi.
🏢“Toshkent shahridagi barcha qozonxonalar faoliyati qayta yo'lga qo'yildi. 9 030 ta ko'p qavatli uyning 9 000 tasida issiqlik ta'minoti to'liq tiklandi, – dedi u.
Issiqlik ta'minotidagi uzilishlar bugun soat 18:00 ga qadar bartaraf etilishi rejalashtirilgan.
@Sputnikuzbek