Ugandada fil sayyohning o'limiga sabab bo'ldi

0

Ugandadagi milliy bog'da fil Saudiya arabistonilik sayyohni bosib ketdi va natijada sayyoh vafot etdi.

Ugandaning shimoliy-g'arbidagi milliy bog'da fil saudiya arabistonilik sa yyohni bosib o'ldirdi, deyiladi Independent nashri tarqatgan ma'lumotda.

Ushbu voqea seshanba kuni Murchison-Folls shaharchasida yuz berdi.

Mahalliy tabiatni muhofaza qilish xodimining so'zlariga ko'ra, vafot etgan sayyoh va uning uch nafar sherigi fillar hujumiga uchragan.

Qayd etilishicha, sayyoh o'z avtomobilidan ancha uzoqda bo'lgan va u g'azablangan fildan qochishga ulgurmagan.

ria.ru