Samarqandda birinchi ovozli svetofor o'rnatildi

0

Samarqand shahridagi Sadriddin Ayniy ko'chasida ilk bor «ovozli svetofor» o'rnatildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.  Qayd etilishicha, ushbu svetafor ko'zi ojiz piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

«Respublika Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi mamlakatimizdagi ko'zi ojiz va ko'rish qobiliyati zaif bo'lgan bolalar maktab-internatlariga yaqindan yordam berish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqan», – deydi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari J.Sagdullayev.
Ma'lum qilinishicha, viloyat IIB yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan “ovozli svetofor” piyodalarga har bir chiroq yongani va harakatlanish mumkin yoki mumkin emasligi haqida ovozli xabar berib ogohlantiradi.

«Maktabimiz oldidagi katta yo'ldan o'tish biz uchun ko'p noqulaylik tug'dirardi, qo'rqardik» – deydi maktab-internat o'qituvchisi Zokir Mahamatov.

«Chunki shu paytgacha avtomashinalarning ovozini eshitgan holda, ularning yaqin yoki uzoqdaligini chamalab yo'lni kesib o'tardik. Bu svetofor biz va o'quvchilarimiz uchun katta qulaylik bo'ldi»,-deydi o'quvchi.