Yangihayot tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo'ldi

0

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Yangihayot tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida sodir bo'lgan YTH yuzasidan ma'lumot

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yil 15 fevral kuni soat 14:30 larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Qo'rg'ontepa va Shokirariq ko'chalari kesishgan chorrahada haydovchilar:
1) 1988 yilda tug'ilgan K.Y. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli;
2) 1974 yilda tug'ilgan M.E. boshqaruvidagi «Gaz-24» rusumli;
3) 1960 yilda tug'ilgan A.J. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomobillar ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q.

Holat YPX xodimi tomonidan rasmiylashtirilib surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo'llarda ehtiyotkor bo'lib, qoidalarga rioya qilishlarini so'raymiz.