36 yoshli erkak Qarshidagi shifoxonada vafot etdi. Prokuratura holatni o'rganmoqda

0

Mirishkorlik 36 yoshli erkak Qarshidagi shifoxonada vafot etdi. Prokuratura holatni o'rganmoqda.

2022 yil 12 fevral kuni soat 01:40 larda Mirishkor tumani «Chandir» MFYda yashovchi, sudlanmagan, mavsumiy ishchi, 1986 yilda tug'ilgan H. Sultonov “Alkogoldan o'tkir zaxarlanish” holatida Respublika shoshilinch tez yordam markazi Qarshi filialida vafot etgan.

Mirishkor tumani hokimligi axborot xizmatining yozishicha, shifoxonada vafot etgan fuqaroni dastlab profilaktika inspektorlari leytenant Q. Niyozboyev va mayor S.Doniyarov avtomashinasida viloyat Narkologiya dispanseriga joylashtirish uchun olib borishgan.

Dispanser shifokorlari esa X.Sultonovning sog'ligi yomonligini aytib, shifoxonaga jo'natishgan. Shifokorlar tomonidan ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan X.Sultonov shifoxonada vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o'rnatilgan.