Abdulaziz Kamilov YeXHT Bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi

0

Bugun, 25 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Helga Shmid bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Suhbat davomida aniq loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali O'zbekiston bilan YXHT o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo'lganligining 30 yilligi (1992-yil 26-fevral) munosabati bilan o'zaro tabriklar almashdilar.