Shavkat Mirziyoyev Putin bilan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdi

0

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot 25 fevral sanasida tashkil etildi.

Ma'lum bo'lishicha, muloqot davomida O'zbekiston-Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Shuningdek, rahbarlar oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik bo'yicha qo'shma loyihalarni ilgari surishni ko'rib chiqdi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

vzglyad.uz