To'ti Yusupovaning so'nggi videosi e'lon qilindi

0

O'zbekiston xalq artisti xalqni yaxshi ko'rishini ta'kidlagan.

O'zbekiston xalq artisti, marhum To'ti Yusupovaning so'nggi videosi e'lon qilindi.

Videoda aktrisaning oppoq ro'molda o'tirgan holda ko'rish mumkin. U tabassum qilgan holda xalqni yaxshi ko'rishini ta'kidlagan. Shuningdek,

«Sochlarim endi shundoq qolishi kerak, oq bo'yicha. Men avvalam bor xalqimni yaxshi ko'raman. Chunki meni elga tanitgan bu xalq. Qilgan narsalarim ularga ma'qul bo'lgan ekanki, men bundan xursandman. Chunki inson har doim astoydil qiladigan narsasi chinga chiqadi. Men xalqimni yaxshi ko'raman, juda yaxshi ko'raman», degan To'ti Yusupova.

O'zbekiston xalq artisti To'ti Yusupova 15 mart kuni 86 yoshida vafot etdi.

Ma'lumot uchun, To'ti Yusupova 1936 yilning 10 mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957 yildan o'zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Shuningdek, aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan.

Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, «Shohi so'zana»), Sonya (A.Chexov, «Vanya tog'a»), Qorasoch (Uyg'un, «Shubha»), Hojar (A.Qahhor, «Tobutdan tovush»), Nuri (Oybek, «Qutlug' qon»), Ona (E’ Robles, «O'limdan kuchli»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Shafaq (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Rahima (O'. Umarbekov, «Komissiya»), Sotti (S.Ahmad, «Kelinlar qo'zg'oloni»), Fotima, Zebi (O'.Umarbekov, «Shoshma quyosh», «Qiyomat qarz»), Nodira (T.To'la, «Nodira»), Mastura (Hamza, «Paranji sirlari») kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi.

To'ti Yusupova 1994 yilda O'zbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.