Bloger bu yolg'on ekanini ma'lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda instabloger Dilimi 13 mart kuni avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Dilshod Nazarov o'z Instagram sahifasida ko'rinish berib, bu yolg'on xabarligini, unga hech nima qilmaganini ma'lum qildi. Shuningdek, bundan hafa bo'lganini ta'kidladi.
«Bugun ozgina kayfiyatimni tushirishda va ozgina asabimizni buzishdi. Lekin bunga ahamiyat bermimiz. Tarmoqlarda men haqimda turli mish-mishlar tarqatishyapti. 13 mart kuni avtohalokatga uchrab vafot etdi, degan xabarlar tarqaldi. Bunaqa yolg'on xabarlarga hech qachon ishonmanglar. Men doim siz bilan aloqadaman», — deydi bloger.