Rossiyada Facebook va Instagram faoliyatini taqiqladi

0

Moskvaning Tver sudi Rossiyada Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini taqiqladi. Bu haqda Ria Novosti ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, sud qarori zudlik bilan amalga oshirilishi ma'lum qilindi.

Xizmatlarga egalik qiluvchi Meta kompaniyasini ekstremistik deb tan olish to'g'risidagi da'vo Bosh prokuratura tomonidan qo'zg'atilgan.

Prokuraturaning qayd etishicha, Instagram yolg'on ma'lumotlarni o'chirib tashlash bo'yicha 4,5 mingdan ortiq talabni bajarmagan.