ZANJIR

0

-Siz menga umuman mos bo'lmagansiz o'zi. Yaxshiyamki buni vaqtida anglab yetdim. Menga beradigan nimangiz bor o'zi? Quruq mehr bilan qorin to'ymasa. Sevgingiz o'zingizga siylov. Men sizdan yuz marta boyrog'iga turmushga chiqyapman dedi qiz bo'ynidagi oltin zanjirga ishora qilib. Siz bularni faqatgina tushlaringizda menga sovg'a qilsangiz kerak. Tamom meni unuting dedi-da qiz yigitdan uzoqlashdi…
Oradan yillar o'tdi. Bir kuni yigit ishxonasiga kelishi bilan yordamchisi:
«-Xo'jayin, bir ayol ertalabdan buyon men biz faqat zargarlik buyumlarini sotamiz, sotib olmaymiz deyishimga qaramay:
-Nahotki shunday katta do'konda zanjirimni sotib olmasalaringiz. Bolam kasal menga pul kerak. Erim qimorda bor-budimizmi yutqazib qo'ygan deb qo'ymayapti. O'zingiz qaraysizmi» degandi
Yigit borib qarasa xuddi o'sha o'tmishdagi qiz va qo'llarida eski oltin zanjiri turardi…

 Nusharova Mashxura