Xorvatiya 18 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi

0

Xorvatiya 18 nafar Rossiya diplomati va Zagrebdagi Rossiya elchixonasining olti nafar ma'muriy-texnik xodimlaridan mamlakatni tark etishni talab qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Jutarnji list xabar berdi.

Vazirlik Rossiyaning «Ukrainaga qarshi bosqini va ko'p sonli jinoyatlarini keskin qoralagan». Ular Moskvani «harbiy harakatlarni zudlik bilan to'xtatish va Rossiya qo'shinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketish, shuningdek, aholini zudlik bilan evakuatsiya qilish va gumanitar yordam yetkazilishini ta'minlash»ga chaqirgan.

Rossiyaning Xorvatiyadagi elchixonasi mamlakat TIV xodimlarning bir qismini mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qilganini tasdiqlagan. «Elchi Andrey Nesterenkoning TIVga chaqirilgani va bir nechta rossiyalik diplomatlarni mamlakatda chiqarib yuborish bo'yicha nota olganini tasdiqlaymiz», — deyiladi diplomatik missiya xabarida.

RBK