Mbappe Emmanuel Makronning taklifini rad etdi

0

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron PSJ futbolchisi Kilian Mbappega “Marsel”ga o'tish variantini taklif qilgan. Ammo Mbappe bunga rozilik bildirmagan. Bu haqda Prezident Makron “Quotidien”nashriga bergan intervyusida aytib o'tgan.

“Men Kilian Mbappega “Marsel”ga o'tish variantini taklif qildim. Afsuski, Kilian Mbappe “Marsel”ga o'tish varianti ko'rib chiqmadi. Agar, u “Marsel”da o'ynashga tayyor bo'lganida, men bu uchun hamma narsa qilgan bo'lardim. Lekin Mbappe mening taklifimga tezda rad javobini berdi. Biz Mbappening Fransiya chempionatida qolishi uchun kurashishimiz kerak. Chunki Kilian aql bovar qilmaydigan darajada kuchli futbolchi hisoblanadi”, degan Fransiya Prezidenti.
Prezident Emmanuel Makron “Marsel” jamoasining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Shuningdek, Makron va Mbappe 2018 yildan beri muntazam yaqin aloqada bo'lib turishadi.

Ma'lumot o'rnida, 23 yoshli hujumchi joriy mavsumda PSJ safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 22 ta golli uzatma amalga oshirdi