Finlandiya AES qurish to'g'risida Rossiya bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi

0

Finlandiyaning Fennovoima loyiha kompaniyasi «Rosatom» tarkibiga kiruvchi RAOS Project fin kompaniyasi bilan «Xanxikivi-1» AES qurilishi to'g'risida tuzilgan shartnomani bekor qildi.

Shartnoma «RAOS Project tomonidan uzoq to'xtalishlar va uning loyihani amalga oshirish salohiyati mavjud emas»ligi sababli bekor qilingan.

Fennovoima xabarida qayd etilishicha, Ukrainadagi harbiy nizo ishlar borishini qiyinlashtirgan.

«Rosatom» va Fennovoima 2013 yilda «Xanxikivi-1»ni qurish to'g'risida shartnoma imzolagandi. Loyihaning 34 foizi Rossiya korporatsiyasiga, qolgan 66 foizi finlandiyalik aksionerlarga tegishli. AES quvvati— 1,2 GVt, qurilish qiymati 7–7,5 mlrd yevro atrofida baholangan.