FVV sel kelish xavfidan ogohlantirdi

0

Joriy yilning 9-13 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg'irlar yog'ishi sababli, respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida kel kelish xavfi e'lon qilindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Jumladan .

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog', Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G'uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot, Kattaqo'rg'on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G'allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O'rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo'rg'on tumanlarida;

Farg'ona viloyati: So'x, Farg'ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo'jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Tog'li va tog'oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko'rish so'raladi.

Shuningdek, FVV matbuot xizmati sel kelganda zarur harakatlar bo'yicha tavsiyalarni ham e'lon qildi.

Qayd etilishicha, sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to'g'risida habar eshitgandan so'ng darxol xavfsiz joyga ko'chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo'lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.

Shuningdek:

—  sel oqimidan xalos bo'lishning iloji bo'lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

—  sel oqimi o'tgandan so'ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta'minotining sozligini tekshirish zarur.