Kamola Artikova Zohid bilan qanday tanishgani haqida aytib berdi

0

Xonanda Zohid undan telefon raqamini so'raganini ta'kidladi
Xonanda Kamola Artikova turmush o'rtog'i Zohid bilan qanday tanishgani haqida aytib berdi.

Aktrisaning so'zlariga ko'ra, ular to'yda tanishgan. «Ummon» guruhi o'sha xizmatga birrovga borgan. Kamola Artikova esa «Osiyo» guruhi bilan xizmatda bo'lgan. Birinchi Zohid Kamoladan telefon raqamini so'ragan. Shundan so'ng ular gaplashib ketgan.

«To'yda tanishganmiz. Ular birrovga kelgandi. Biz ‘Osiyo’ guruhi bilan xizmatda bo'lganmiz. Meni telefon raqamimni so'ragan. To'g'risi, ‘Ummon’ni umuman yoqtirmasdim. Ayniqsa, turmush o'rtog'imning uslubi yoqmasdi. Keyin telefon qilgan. Shundan so'ng gaplashib ketganmiz», — deydi xonanda.