Shimoliy Koreyada ilk bora koronavirus yuqtirish holati aniqlandi

0

KXDR hududida rasman ilk bor koronavirus yuqtirish holati qayd etildi.

Bu haqda Yonhap agentligi Koreya markaziy telegraf agentligiga asoslanib xabar bergan.

Mamlakat rahbari Kim Chen In shu munosabat bilan siyosiy kengashning muhim yig'ilishini chaqirdi. Unda mamlakatda virus tarqalishiga maksimal choralar ko'rish va chegaralarda nazoratni kuchaytirish topshirig'i berilgan.

Qayd etilishicha, bemorda «omikron» shtammi qayd etilgan. Janubiy Koreya hukumati qo'shnisiga gumanitar yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirgan.

Shimoliy Koreya shu vaqtga qadar koronavirus rasman qayd etilmagan kam sonli davlatlardan biri bo'lib kelayotgandi. 2020 yil iyulida koronavirus yuqtirgan bemorlarda biri noqonuniy chegaradan o'tgani taxmin qilingan, ammo bu ma'lumot tasdiqlanmagan.