Durdona Qurbonovaning roli «Super kelinchak»ka berildimi?

0

Durdona Qurbonova ham «Boy va nonvoy» serialida rol ijro etgan
Aktrisa Durdona Qurbonova roli Diana Yagofarovaga berilgani haqidagi gaplarga oydinlik kiritdi.

Durdona Qurbonovaning so'zlariga ko'ra, Daina uning rolini olib qo'ymagan. Aktrisa «Boy va nonvoy» serialidagi epizodlarini o'ynab bo'lgan. Shu sabab u serialda ishlamayapti

«Diana Yagofarova mening rolimni o'ynamayapti. U rol men uchun yozilgan. U narsani boshqa odam o'ynashi juda katta xato. Chunki u rolni men o'ynab bo'lganman. Suratga olish jarayonlaridagi mening epizodim tugagan. Men hozir u serialda ishlamayapman», — deydi Durdona Qurbonova.