Xorazm viloyatida odamlarga hujum qilgan jinoiy guruh qo'lga olindi

0
“Mushtumzor banditlar” qo'lga olindi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.

Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jamiyatda o'zini tutish qoidalariga qasddan e'tibor bermay, o'zgalarni kaltaklagan jinoiy guruhni qo'lga olish bo'yicha tezkor tadbir tashkil etildi.

Tekshiruv davomida ushbu jinoiy guruh rahbari muqaddam sudlangan Urganch shahrida yashovchi 1986-yilda tug'ilgan shaxs ekanligi ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari, ushbu guruhga viloyatning 1992 va 1986 yillarda tug'ilgan yana ikki nafar fuqarosi kiritilgan.

Ushbu jinoiy guruh haydovchilarga asossiz hujumlar uyushtirgan, ularni kaltaklagan va avtomobillarga zarar yetkazgan. Ular o'z jinoyatlarida pichoq va metall bitalar ishlatib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanildi. Ular 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ularning shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.