G7 davlatlari Ukrainaga qurol yetkazish zaruratga ko'ra hali uzoq davom etishini va'da qildi

0

«Katta yettilik» (G7) davlatlari Ukrainaga zaruratga ko'ra hali uzoq vaqt davomida qurol-yarog' yetkazib berishadi. Bu haqda G7 mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi haqidagi bayonotda ma'lum qilingan, deyiladi Reuters xabarida.

Shuningdek, bayonotda «Katta yettilik» a'zolarining Rossiyaga nisbatan iqtisodiy hamda siyosiy bosimni davom ettirishi ta'kidlangan.

G7 mamlakatlarining vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishi, jumladan, mamlakatning iqtisodiy sohadagi muhim yo'nalishlariga nisbatan taqiqlar qo'llanishini tasdiqlagan.

G7 mamlakatlari Belarusning siyosatini tanqid qilib, Minskdan Rossiya zo'ravonligi uchun sharoit yaratmaslikni so'radi. Bundan tashqari ular Xitoyni Rossiya sanksiyalarni aylanib o'tishi uchun yordam bermaslikka chaqirgan.

 

Avval Berlin Rossiya energiya resurslaridan butunlay voz kechish rejalarini oshkor qilgani, Yaponiya Rossiya neftining importini kamaytirishi, lekin «Saxalin-2» dan chiqmasligi, shuningdek mart oxirida «Katta yettilik» davlatlari Rossiya gazi uchun to'lovni rublda to'lashni rad etgani haqida xabarlar berilgan.