Samarqandda yigit jinnixonaga yotishni tavsiya qilgan otasiga 15 marta pichoq urdi

0

Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida otasini pichoqlab o'ldirgan yigit qo'lga olindi. Bu haqda “Markaziy studiya” axborot dasturida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, fuqaro ruhiy kasallikka chalingan va vaqti-vaqti bilan davolanib kelgan. Otasi kasalxonaga borib, davolan, degani uchun ular o'rtasida janjal chiqqan.

Yigit: “Meni jinnixonaga joylashtirmoqchimisiz?” deb otasiga hujum qilgan. Undan jahli chiqib, oshxona pichog'i bilan 15 marta urgan. Natijada erkak vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.