Xitoy harbiy kemalari bahsli Senkaku orollari yaqinidagi Yaponiya suv hududiga kirdi

0

Xitoy dengiz politsiyasining to'rtta patrul kemasi Sharqiy-Xitoy dengizining Yaponiya nazorati ostidagi Senkaku oroli yaqinidagi suv hududiga kirdi. Bu haqda NHK xabar qildi.

Kemalar Yaponiya o'z suv hududi deb hisoblaydigan nuqtada bir necha soatdan beri turibdi. Yaponiya sohil qo'riqlash xizmati hududni tark etishni talab qilib bir nechta ogohlantirish yuborgan, lekin boshqa hech qanday harakatlar amalga oshirilmagan.

Xitoy kemalari oxirgi oylarda bir necha marta namoyishkorona ravishda Senkaku orollari sohil hududiga kirib, u yerda bir necha soat qolgan va keyin neytral suv hududiga o'tgan. Shu vaqtga qadar mazkur harakatlar qurolli to'qnashuvlarni yuzaga keltirmagan.

12 mayda Tokioda Yaponiya – YeI sammiti o'tkazildi, anjuman yakunidan keyingi bayonotda Xitoy harbiylarining Senkaku yaqinidagi hamda Sharqiy-Xitoy dengizidagi faolligidan xavotir ortib borayotgani qayd etilgan. Xitoy TIV ushbu bayonotga javoban orollarning mamlakatning ajralmas qismi ekanligini bildirgan.
gazeta.ru