Xitoy janubida kuchli yomg'irdan 50 mingga yaqin kishi jabr ko'rdi

0

Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan avtonom tumanida kuchli yomg'ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 50 mingga yaqin odam jabr ko'rdi. Bu haqda mahalliy favqulodda vaziyatlar departamenti ma'lum qildi.

Guansi-Chjuan avtonom tumanidagi (GChAT) tabiiy ofat 3,8 ming gektardan ortiq maydondagi ekinlarga zarar yetkazdi, 120dan ortiq bino vayron bo'ldi va shikastlandi.

Payshanba kuni GChATning qirg'oqbo'yi hududlarida yomg'ir yog'di, ba'zi joylarda yog'ingarchilik miqdori 150 mmdan 250 mm gacha yetdi.

Mahalliy ob-havo xizmati favqulodda vaziyatlar bo'yicha darajasini to'rtinchi darajaga ko'tardi va aholiga ko'chki va toshqinlarga moyil bo'lgan hududlar va joylardan qochishni tavsiya qildi.

Eslatib o'tamiz, Xitoyda favqulodda vaziyatlarda favqulodda choralar ko'rishning to'rt darajali tizimi mavjud.

ria.ru