Turkiyada «Mendirman Jaloliddin» serialining ikkinchi faslini suratga olish boshlandi

0

Ayni paytda Turkiyada «Mendirman Jaloliddin»ning ikkinchi faslini suratga olish ishlari boshlanmoqda. Bu haqda serialda bosh qahramon — Chingizxon obrazini ijro etgan mahoratli aktyor Javohir Zokirov ma'lum qildi. Aktyorning gaplariga ko'ra, ayni paytda o'zbek kinoijodkorlaridan iborat guruh Turkiyaning Istanbul shahriga yetib borgan va dam olish kuni munoabati bilan ular shaharni sayr qilishgan.

Hozirda ikkinchi faslda aktyorlar yaratayotgan obrazlar bo'yicha ma'lumotlar yo'q. Javohir Zokirov yaqin kunlarda serialning suratga olish maydonlaridan videolavhalar taqdim etishini aytmoqda.

Ma'lumot uchun, Ushbu serial O'zbekiston-Turkiya kinoijodkorlari tomonidan suratga olish boshlangan. «Mendirman Jaloliddin» serialining taqdimoti 2020 yilning 4 okyatbr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan. Serialning birinchi fasli 13 qismdan iborat bo'lib, o'zbekistonliklar uchun 2021 yilda teleekran orqali namoyish etilgan.