O'g'il otasini pichoqlab qo'ydi

0

Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida o'z otasini o'ldirgan yigit ushlandi, deb xabar berdi Zamon.uz nashri.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi fuqaro ruhiy sog'lom bo'lmagan, vaqti-vaqti bilan davolanib yurgan. Otasi esa unga ruhiy kasalligi sabab shifoxonada davolanishi kerakligini aytgan va shifokor olib kelgan. Shu sabab o'rtada tortishuv yuzaga kelgan.

O'g'il “meni jinnixonaga yotqizmoqchisiz” deb, oshxona pichog'i bilan otasiga tashlangan va unga 15 marta pichoq tiqib, o'ldirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o'ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgani aytiladi.