Yolg'onga ishonib qolmang!

0

UZ: Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining soxta veb-sayt havolasi
(www.prezdent.uz-scc.site, www.uz-prezident.oplata-uzcard.com) bilan birga «bolalari bor har bir oilaga 650 000 so'mdan byudjetdan pul ajratilishi» haqidagi xabarlar tarqatilmoqda. Ushbu feyk havola orqali o'tgan fuqarolardan esa shaxsga doir hamda plastik karta to'g'risida ma'lumotlarni kiritish so'raladi.

Yana bir bor fuqarolardan bu kabi soxta saytlarga kirmaslikni so'rab, virtual firibgarlardan ogoh bo'lishga chaqiramiz.

Eslatib o'tamiz, aholi o'rtasida yolg'on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik  mavjud.