AQSh Senatida Ukrainaga rekord darajadagi yordam paketi ovoz berishdan o'tdi

0

AQSh Senatida Ukrainaga rekord darajadagi 40,1 milliard dollarlik yordam paketi protsessual ovoz berishdan o'tdi. Hujjat 18 may kuni bo'lib o'tadigan yakuniy ko'rib chiqish uchun taqdim etiladi.

Qonun loyihasi oldinga siljish uchun zarur bo'lgan 60 ta ovozdan o'tdi. 81 senator yoqlab, 11 deputat qarshi ovoz berdi.

18 may kuni senatorlarning aksariyati tashabbusni ma'qullashi, so'ngra hujjatni AQSh prezidenti Jo Bayden imzolashi kutilmoqda.