Bolalar namoyish uyushtirgan 21-son Mehribonlik uyi direktori ishdan bo'shatildi.

0

Oldinroq Toshkentda mehribonlik uyida bolalar norozilik namoyishi uyushtirilganligi haqida xabar berilgan edi.

Bolalar namoyish uyushtirgan 21-son Mehribonlik uyi direktori ishdan bo'shatildi. Prokuratura jinoiy ish qo'zg'atgan.

Bundan tashqari, Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o'tkazilgan tekshiruv davomida muassasa mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida ko'p miqdordagi mablag'lar talon-taroj qilinganligi ma'lum bo'ldi.