Italiya futboli afsonalari Toshkentda

0

Italiya futboli afsonalaridan iborat delegatsiya O'zbekistonga yetib keldi. Mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va BMB trade group mutasaddilari, OAV, muxlislar hamda keng jamoatchilik vakillari kutib olishdi.

Eslatib o'tamiz, bugun soat 15:30 da «Bunyodkor» stadionida futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani va muxlislar uchun master-klass tashkil etiladi. Ertaga, 18 may kuni soat 18:30 da «Paxtakor» stadionida O'zbekiston va Italiya futboli afsonalari o'rtasidagi uchrashuvga bag'ishlangan bayram dasturi start oladi.