Metro poezdi tagiga o'zini tashlagan erkak bo'yicha tavsilot berildi

0

Xabaringiz bor bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosida erkak o'zini poezd tagiga tashlaganligi to'g'risida video tarqaldi.

Metropoliten matbuot xizmati xabariga ko'ra, aslida erkak o'zini poezd tagiga qasddan tashlamagan.

1964-yilda tavallud topgan erkak  O.Z. «Olmazor» bekatida metro vagoniga tezroq kirish uchun shoshilib borayotgan vaqtda ehtiyotkorsizligi sabab  harakatlanishga tayyorgarlik ko'rayotgan poezd yo'liga tushib ketgan.

Metropoliten xodimlari hamda yo'lovchilarning tezkorligi sabab fuqaro hech qanday tan jarohatlarsiz zudlik bilan poezd yo'lidan qutqarib olingan.

Toshkent Metropoliteni ogohlantiradi!

Hurmatli metro yo'lovchilari, bekat platformalarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda, shoshilmasdan, o'z hayotingizni xavfga qo'ymagan holda harakatlanishingizni so'raymiz!