Navbatdagi ommaviy qabullar Toshkent viloyatida bo'lib o'tadi

0

Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o'rgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, respublikamiz viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, qabullarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish, Sog'liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo'llab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish, Xalq ta'limi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,  «Hududgazta'minot» AJ, “O'zsuvta'minot” AJ, Avtomobil yo'llari qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.

Mazkur qabullar joriy yilning 18-24 may kunlari Toshkent viloyati bo'lib o'tadi.

Ommaviy qabullar o'tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Toshkent viloyatida o'tkaziladigan
ommaviy sayyor qabullar joyi

Aholi keladigan

hududlar nomi
Sayyor qabul

o'tkaziladigan joy
Sana va vaqti
O'rta Chirchiq,

Yuqori Chirchiq,

Parkent, Nurafshon sh.
Bektemir tumani, Bektemir shoh ko'chasi, Toshkent viloyati Xalq qabulxonasida
18 may

soat 10:00 dan
Bo'ka,

Bekobod, Piskent Bekobod sh.
“Bo'ston” MFY hududida joylashgan “Yoshlar” bog'i
19 may

soat 10:00 dan
Quyi Chirchiq,

Chinoz, Oqqo'rg'on
“Beruniy” MFY hududida joylashgan Madaniyat uyida
20 may

soat 10:00 dan
Zangiota,

Toshkent, Yangiyo'l, Yangiyo'l sh.
Nazarbek, Temiryo'l sanatoriyasida
21 may

soat 10:00 dan
Ohangaron sh., Olmaliq sh., Angren sh., Ohangaron
Xolmuxamedov ko'chasida joylashgan “Ohangaron” madaniyat va istirohat bog'ida
23 may

soat 10:00 dan
Bo'stonliq,

Qibray, Chirchiq sh.
“Xojikent” MFY, “Xojikent” pansionatida
24 may

soat 10:00 dan