Oftob urdimi? Unda…

0

Oftob urganda nima qilish kerak?

Oftob urishi belgilari:
▫️Terining qizarishi, isishi va quruqlashishi (hatto qo'ltiq osti ham nam bo'lmaydi).
▫️Tana harorati juda yuqori.
Bemor ko'pincha hushini yo'qotadi.

Davolash:

Tezda bemor tana haroratini tushirish kerak. Uni soyaga yotqizish lozim. Sovuq (muzdek) suv bilan tanasi artib turiladi. Tana harorati pasayguncha ushbu muolaja qilinadi, so'ng shifokorga murojaat qilinadi.