Sanjay: «Hozircha bo'ydoqman. Xudo xohlasa avgust oyida uylanaman»

0

Avvalroq xonanda xotini bilan ajrashgani haqidagi savolga javob bergandi
Xonanda Sanjay Instagram sahifasida uchinchi bor uylanayotganini ma'lum qildi.

Sanjay o'z sahifasida kuzatuvchilari bilan savol-javob o'tkazdi shunda unga obunachilaridan biri sevgilisi bilan to'yi qachon ekani haqida savol bergan. Xonanda bunga rus ayolga, albatta, uylanishini aytib, to'yi tez kunda ekanini ta'kidlagan.

Xonanda Instagram sahifasiga Darya ismli rus qizning suratlarini joylagan. Uning muxlislari bu qizni Sanjayni sevgilisi deb o'ylagan.

Shuningdek, xonandaga bo'ydoqligi haqida ham savol berilgan. Sanjay hozircha bo'ydoqligini aytib, avgust oyida to'yi ekanini ta'kidlagan. U to'ydan so'ng xotini bilan Rossiyaga ketadi.

«Hozircha bo'ydoqman. Xudo xohlasa avgust oyida uylanaman. Xotinim biilan birga Rossiyaga ketaman», — deydi u.