Germaniya Turkiyaning Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishi haqidagi xavotirlarini jiddiy qabul qilish tarafdori

0

Germaniya Mudofaa vaziri Christine Lambrecht, Turkiyaning Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishi haqidagi xavotirlari va argumentlarining jiddiy qabul qilinishi muhim ekanini aytdi.
Belgiya poytaxti Bryusselda bo'lib o'tgan Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlari yig'ilishi doirasida jurnalistlarga so'zlagan Lambrecht, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish yo'lidagi harakatlaridan xursand ekanligini va buning ikkalasi uchun ham yaxshi bo'lishini bildirdi.

Lambrechtning aytishicha, ikki davlat NATOni boyitadi.

«Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi bilan bog'liq barcha qarorlar bir ovozdan qabul qilinishi kerak. Shuning uchun Turkiya bilan ham juda qizg'in gaplashishimiz va bildirilgan har qanday tashvish yoki dalillar jiddiy qabul qilinishi muhim», deya qayd etdi vazir.

Lambrecht, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi bu ikki davlat xavfsizligi mustahkamlanishini ta'kidlab, bu argumentning birinchi o'rinda turishi kerakligini ta'kidladi.

Germaniyaning ikki davlatning NATOdagi ishtirokini qo'llab-quvvatlashini ta'kidlagan Lambrecht: «Bizda yaxshi dalillar bor. Bu nafaqat Finlyandiya va Shvetsiyaga, balki NATOga ham foyda keltiradi», deya fikr bildirdi.