Jentra haydovchisi bolani urib yubordi

0

Namangan viloyatida bola ishtirokida YTH sodir bo'ldi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari xabar bermoqda.

Voqea 12 may kuni Kosonsoy tumanida sodir bo'lgan. Jentra haydovchisi yo'lni noto'g'ri joyda kesib o'tayotgan 7 yoshli bolani urib yubordi.

Baxtsiz hodisa natijasida bola kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning fikricha, bola yana 20 kun kasalxonada yotadi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.