Nimalarni topdim, nimalarni yo'qotdim?

0

Shuningdek, u nimalar yo'qotganini ham ta'kidladi
Aktrisa, xonanda Durdona Qurbonova YouTube’dagi «Intervyu Tv» loyihasiga bergan intervyusida san'at ortidan nimalar topganini va yo'qotganini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, kasbi ortidan shon-shuhrat, tanishlar orttirgan. Qaergadir borsa, nomiga qarab hamma tanib, hurmat qiladi. Shuningdek, aktrisa mashhur bo'lganidan keyin haqiqiy insonlar, samimiyatni va oqibatni yo'qotgan.

«Aktrisa sifatida shon-shuhrat, tanishlar orttirdim. Qaergadir borsak, hamma taniydi va hurmat qiladi. Nomga qarab kutib olishadi. Inson sifatida samimiyatni, haqiqiy insonlar va oqibatni yo'qotdim. Oddiy odam bo'lsangiz sizga o'zingizga yarasha muomala qiladi. Durdona Qurbonova bo'lganim uchun kimdir mendan nimadir kutadi va yonimda yuradi», — deydi aktrisa.