Tojikistonda aksilterror operatsiyasi o'tkazilmoqda

0

Uyushgan jinoiy guruh Dushanbe— Xitoy yo'lini to'sib qo'ydi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston. «Jinoyatchilarning maqsadi respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishdir».

Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, guruh xalqaro terrorchilar ko'magida qurol-yarog' va o'q-dorilarni mamlakatga olib kirgan. Jinoyatchilar safiga xorijlik yollanma askarlar jalb qilingan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, maxsus operatsiya chog'ida qurbon bo'lganlar haqida ma'lumotlar hozircha kelib tushmagan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda yaradorlar haqidagi ilk xabarlar paydo bo'lmoqda.