O'nta farqni toping – Zuhra Soliyevaning operatsiyadan keyingi ko'rinishi hammani hayratga soldi (foto)

0

Aktrisa oktyabr oyida operatsiya qildirgandi.
Aktrisa Zuhra Soliyeva Instagram sahifasida operatsiyadan keyingi qomati muxlislarini hayratga soldi.

Zuhra Soliyeva sahifasiga avvalgi va hozirgi holati aks etgan videoni joyladi. Mazkur videoda uning qay darajada ozganini ko'rish mumkin. Aktrisaning ko'plab muxlislari u tanib bo'lmas darajada ozganini, qomati juda go'zal ekanini ta'kidlagan. Shuningdek, yana ayrim kuzatuvchilar esa unga boshqa ozmaslikni tavsiya qilgan.